Buxoro tumanida 29 yoshli tadbirkor B.R.ning jasadi osig`liq holda topildi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati "darakchi.uz"ga ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, 3 noyabr kuni marhumning rafiqasi IIBga murojaat qilib, turmush o`rtog`i 29 oktyabr kuni uydan chiqib ketib, qaytib kelmaganini bildirgan.
Aniqlanishicha, o`sha kuni er-xotin oilaviy masalada janjallashib qolgandan so`ng, erkak fuqarolik pasporti va qo`l telefonini olib, uydan chiqib ketgan. 5 noyabr kuni esa erkakning osilgan jasadi topilgan. Hozirda Buxoro tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, sal avval Andijonda 30 yoshli erkak o`zini osib qo`ygan edi.






