AsosiyJamiyat

Farg`onada ma`muriy qamoqqa olingan shaxs 2,5 kv/m'dan ham kichik kamerada saqlanayotganligi aniqlandi

'Farg`onada ma`muriy qamoqqa olingan shaxs 2,5 kv/m'dan ham kichik kamerada saqlanayotganligi aniqlandi'ning rasmi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman)ning Farg`ona viloyatidagi mintaqaviy vakiliga fuqaro X.V. murojaat qilib, viloyatdagi ma`muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo`ljallangan maxsus qabulxonada saqlanayotgan akasi X.B. sharoitlari yaxshi emasligidan shikoyat qildi.

Murojaat nazoratga olinib, huquqbuzar X.B.ning saqlanish sharoitlari o`rganildi. O`rganish jarayonida u  O`zbekiston Respublikasining “Ma`muriy qamoqni o`tash tartibi to`g`risida”gi Qonunining 20-moddasi talablariga zid ravishda belgilangan kamida 2,5 kv.m.dan kam bo`lgan kamerada saqlanayotganligi aniqlandi. 

Shu kunning o`zida X.B. boshqa kameraga o`tqazilib, murojaat muallifining talablari qanoatlantirildi.

Shu bilan birga unga keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari xam etkazilishi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar