AsosiyJamiyat

G`uzor tumani hokimi "hayfsan" oldi

'G`uzor tumani hokimi "hayfsan" oldi'ning rasmi

7 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov rahbarligida hokimlik soati o`tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqov xabar qildi. 

Ushbu yig`ilishda viloyat hokimi tomonidan G`uzor tumani hokimi Suyunov Bekzod Olimovichga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan "hayfsan" intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan. 

Xabarda ma`lum qilinishicha, hokimning "hayfsan" olishiga tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha belgilangan dasturlarni amalga oshirishda zimmasidagi vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi, berilgan topshiriqlar ijrosini ta`minlashda nazoratni susaytirib yuborganligi sabab bo`lgan. 

    Boshqa yangiliklar