Navoiy viloyatiga yangi prokuror, Shovot hamda Qo`shko`pir tumanlariga yangi hokim tayinlandi.
Axmedov Shuhrat Kurvondurdievich Qo`shko`pir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Sh.Axmedov bunga qadar Tuproqqal`a tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, Xolboev Oybek Madaminovich Shovot tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
O.Xolboev tayinlovga qadar Urganch shahri hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bundan tashqari, Bosh prokurorning buyrug`iga asosan, adliya katta maslahatchisi Azamat Egamberdievich Mirzaev Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
A.Mirzaev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati prokurorining o`rinbosari lavozimida ishlagan.






