AsosiyDunyo

G`azoda har 10 daqiqada bir bola vafot etmoqda - BMT

'G`azoda har 10 daqiqada bir bola vafot etmoqda - BMT'ning rasmi

G`azo sektorida Isroilning zarbalari har 10 daqiqada bir bolani o`ldirib, yana ikki nafarini jarohatlaydi. Bu haqda  Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligi ma`lumotlarida keltirilgan.

Agentlik mojaro paytida tinch aholini himoya qilishga chaqirdi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, o`z navbatida, jurnalistlar uchun o`tkazilgan brifingda “G`azo bolalar qabristoniga aylanib borayotganini” aytgan edi.

Jahon tashkiloti rahbarining so`zlariga ko`ra, Falastin anklavida “har kuni yuzlab qiz va o`g`il bolalar halok bo`ladi va yaralanadi”.

BMT va Tashkilotning gumanitar sheriklari, Guterrish, 2,7 million kishiga - G`azo sektorining butun aholisiga va G`arbiy Sohildagi yarim million falastinliklarga, shu jumladan Sharqiy Quddusga yordam berish uchun 1,2 milliard dollarlik gumanitar murojaatni boshladi.

 

    Boshqa yangiliklar