“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida ertalab, Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-20° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo`ladi.






