AsosiyJamiyat

Moskva – Toshkent reysi kechiktirildi, yo`lovchilari mehmonxonaga joylashtirildi

'Moskva – Toshkent reysi kechiktirildi, yo`lovchilari mehmonxonaga joylashtirildi'ning rasmi

Moskva – Toshkent yo`nalishi bo`yicha 7 noyabr kuni amalga oshirlishi kerak bo`lgan HY602 reysi texnik sabablarga ko`ra jo`nab ketish aeroportida (Domodedovo) kechiktirildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, aviakompaniyaning texnik mutaxassislari havo kemasini parvozga tayyorlash bo`yicha ish olib borishmoqda. Yo`lovchilarining bir qismi mehmonxonaga joylashtirildi. Yo`lovchilarga, shuningdek, kompensasiya xizmatlari ham taqdim etildi.

“Parvoz vaqti haqida qo`shimcha ma`lumot qo`shimcha ravishda xabar qilinadi. Bizning yangiliklarimizni kuzatib boring. Noqulayliklar uchun uzr so`raymiz”, - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar