1

Samarqandda 35 yoshli o`qituvchi 16 yoshli o`quvchisiga jinsiy tajovuz qilgani aytilmoqda

Jinoyat 08.11.2023, 15:54
Samarqandda 35 yoshli o`qituvchi 16 yoshli o`quvchisiga jinsiy tajovuz qilgani aytilmoqda

Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on shahrida 35 yoshli matematika o`qituvchisi 16 yoshli o`quvchi qizga tegajog`lik qildi. Bu haqda jabrlanuvchining otasi “Ne molchi” xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, qiz 2022 yil aprel oyidan boshlab Kattaqo`rg`on shahridagi 5-maktab o`qituvchisi bilan qo`shimcha matematika darslarida shug`ullana boshlagan. 35 yoshli o`qituvchi ba`zan qo`shimcha darslardan so`ng qizni uyiga mashinasida keltirib qo`ygan.

Qizning so`zlariga ko`ra, ustozi bir marta dars paytida uning qo`liga tegib, g`alati harakat qilgan, biroq qiz boshqa o`quvchilardan uyalib bunga hech qanday javob qaytarmagan. Joriy yilning 5 may kuni esa o`qituvchisi qizga uning mahallasidan o`tayotgani va maktabga birga olib ketishini yozgan. Qiz mashinaga chiqqach, ustozi yo`nalishni umuman boshqa tomonga – o`z uyiga burgan va uyda qizning kiyimlarini echib, o`z jinsiy ehtiyojlarini qondirgan.

Keyin bu haqida hech kimga aytmaslikni talab qilgan va qizga uylanishni va`da bergan. Shuningdek, uni turli video va fotolarini olib voqea haqida so`z ochadigan bo`lsa, ularni tarqatish bilan qo`rqitgan. Biroq oradan biroz vaqt o`tgach, onasi qizdagi o`zgarishlarni payqab, nima bo`lganini so`ragan, qiz esa hammasini so`zlab bergan. 

Shu yilning 18 avgust kuni ular prokuraturaga ariza berib, 29 avgust kuni ekspertizaga yo`llanma olgan. Qizning otasi holatdan xabar topgan vaqtda Rossiyada ishlayotgan bo`lgan va shu zahoti qaytib kelgan. Ammo o`qituvchi bu vaqtda Rossiyaga qochib ulgurgan. U vaziyat jiddiylashayotganini sezgach, qizga eski videolarni tarqatish bilan qayta tahdid qilib, barchasini tinch yo`l bilan hal qilish mumkinligini yozgan. 

Ikki bor turmush qurib, har ikki ayoli bilan ham kelishmovchiliklar bois ajrashib ketgan 35 yoshli o`qituvchi 16 yoshli sobiq o`quvchisiga oila qurishni taklif qilgan.

10 oktyabr kuni qizning otasi qizi bilan sodir bo`lgan voqea yuzasidan tergov jarayoni qanday ketayotganini bilish uchun Ichki ishlar bo`limiga murojaat qilib, advokat yollamoqchi ekanligini aytgan. Biroq unga jinoiy ish qo`zg`atishdan yozma ravishda rad javobi berilgan. 

Garchi rad etish haqida qaror 27 sentyabr kuni imzolangan bo`lsa-da, tergovchi bu haqda jabrlanuvchini xabardor qilishni zarur deb hisoblamagan. Unga ekspertiza xulosasi ham taqdim etilmagan.

Bundan tashqari, o`sha kuni olingan rasmlar qizning sinfdoshi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborilgan. Keyinchalik u gumonlanuvchining jiyani bo`lib chiqqan. Qizning otasi bu haqda tergovchilarga xabar bergan, biroq u bu safar ham ish materiallari bilan tanishtirilmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1