7 noyabr kuni Moskva – Toshkent yo`nalishi bo`yicha HY602 reysi qoldirilgani haqida xabar bergan edik.
Uzbekistan airways'ning ushbu reys bo`yicha bergan qo`shimcha ma`lumotiga ko`ra, HY602 aviaqatnov raqami HY8602 ga o`zgartirilgan. Reys endi quyidagi jadval bo`yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
- Jo`nab ketish Moskva vaqti bilan 15:40 ga belgilangan;
- Toshkentga etib kelish esa Toshkent vaqti bilan 21:15 da.






