Prezident yordamchisi Saida Mirziyoeva BMT Bolalar jamg`armasining O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade bilan uchrashdi.
"Biz 2021−2025 yillarga mo`ljallangan Mamlakat hamkorlik dasturini O`zbekiston Respublikasida amalga oshirish bo`yicha Jamg`arma bilan hamkorlikdagi qo`shma loyihalarning borishini atroflicha muhokama qildik. Shuningdek, bolalarni ijtimoiy himoya qilishni qo`llab-quvvatlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, ta`lim tizimini takomillashtirish, sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan munosabatlarni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdik", - deya yozgan Saida Mirziyoeva.






