Kecha, 8 noyabr kuni soat 20:00 larda "Qamchiq" dovonida bir muddat avtomobillar harakati cheklanib qoldi. YHXBB izohiga ko`ra, yuk avtomobili haydovchisi ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo`qotgan va yo`lni ajratuvchi to`siqqa urilib to`xtagan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ushbu ko`ngilsiz hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo`q.
Mazkur hodisa sabab "Toshkent-Vodiy" yo`nalishida vaqtincha harakat cheklangan. Zudlik bilan FVV hamda YHXX xodimlari tomonidan YTHga uchragan avtomobilni yo`ldan olish choralari ko`rilgan. Bir muddat so`ng, dovon yo`lida har ikki yo`nalishda transport vositalari to`xtovsiz harakatlanishda davom etgan.






