AsosiyJamiyat

Toshkentda issiq suv va issiqlik ta`minoti uchun yangi tariflar e`lon qilindi

'Toshkentda issiq suv va issiqlik ta`minoti uchun yangi tariflar e`lon qilindi'ning rasmi

Toshkent shahrida yuridik shaxslar va budjet tashkilotlari uchun issiq suv va issiqlik ta`minoti uchun tariflar oshiriladi.

Xalq deputatlari poytaxt kengashi qaroriga ko`ra, issiqlik ta`minoti uchun bazaviy tarif 67,3 foizga — 1 Gkal energiya uchun 397 212 so`mdan 664 465 so`mgacha oshadi. 

Tariflar:

- aholi uchun tarif o`zgarishsiz qoladi — 1 Gkal uchun 91 960 so`mni tashkil etadi;

- yuridik shaxslar uchun — 1 Gkal uchun 141 737 so`mdan 212 606 so`mgacha oshadi;

- budjet tashkilotlari uchun — 1 Gkal uchun 502 067 so`mdan 801 963 so`mgacha oshadi.

Tariflar o`rtasidagi farq budjetdan subsidiyalar hisobidan qoplanadi.

    Boshqa yangiliklar