Toshkent shahrida bunyod etilishi davom ettirilayotgan metro qurilishi endi «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi. Bugungi kunda Toshkent metropolitenining Yunusobod yo`nalishidagi ikkita yangi bekatda qurilish ishlarini yakunlash, yangi er osti va er usti tezyurar metro yo`nalishlarida qurilish ishlari boshlandi.
Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyatining joriy yil 9 oyi davomida ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati yakunlari va kelgusida amalga oshirilishi ko`zda tutilayotgan loyihalariga bag`ishlangan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.