AsosiyJamiyat

Mini texnika uchun bojxona imtiyozlari 2027 yilgacha uzaytiriladigan bo`ldi

'Mini texnika uchun bojxona imtiyozlari 2027 yilgacha uzaytiriladigan bo`ldi'ning rasmi

Bu yilgi paxta hosilini to`liq qayta ishlash natijasida 2024 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 9,6 milliard dollarga, eksportni esa 4,5 milliard dollarga etkazish hisob-kitob qilindi.

Buning uchun gazlama-mato, bo`yash va tikuvchilik bo`yicha yangi qo`llab-quvvatlash mexanizmlari yaratib beriladi:

- bo`yalgan matoni 50 foizdan kam bo`lmagan qismini ichki bozorga sotgan korxonalar ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to`laydi, ularga mol-mulk solig`ini 3 yil davomida bo`lib-bo`lib to`lashga ruxsat beriladi;

- 2025 yil 1 yanvarga qadar paxta va sun`iy tolani import qilishda transport xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;

- to`qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari uchun zarur texnologik uskunalar va ularning ehtiyot qismlarini import qilishda ular bojxona bojidan ozod qilinadi.

Yuqorichirchiqda gazlama ishlab chiqarish va bo`yoqxonalar tashkil qilish,  Qoraqalpog`istonda sun`iy tola, gazlama-mato ishlab chiqarish va bo`yoqxona tashkil etish bo`yicha loyihalar boshlangan. Ushbu korxonalar kelgusi yil ishga tushirilib, tadbirkorlarga sanoat ipotekasi asosida beriladi.

Hududlar rahbarlariga shunday yirik loyihalarni amalga oshirish hisob-kitob qilishga ko`rsatma berildi.

Yig`ilishda hosildorligi past 16 ming gektar bog` va 10 ming gektar tokzorlarda yiliga o`rtacha 100 million dollar daromad boy berilayotgani ta`kidlandi. Lekin, hech bir tuman hokimi bu borada aytarli ish qilmayotgani tanqid qilindi.

Xususiy investisiyalarni jalb qilib, yaroqsiz bog` va tokzorlar o`rnida yangi intensiv bog` va tokzorlar barpo etish muhimligi ta`kidlandi.

Kelgusi yildan boshlab bog` va tokzorlarga hosildorligi va tushumiga qarab tabaqalashgan er solig`i stavkalari joriy qilinadi.

Davlat korxonalari balansidagi nosohaviy bog` va tokzorlarni tadbirkorlarga taklif qilish topshirildi.

Tomorqalarda ertaki va takroriy ekinlar maydonini 1 million 61 ming gektarga etkazib, 500 ming aholini band qilishi zarur.

Tomorqa egalariga zarur mini texnika uchun bojxona imtiyozlarini 2027 yilgacha uzaytirish belgilandi.

    Boshqa yangiliklar