AsosiyJamiyat

Raqobat qo`mitasining faoliyati kamchiliklar aytildi

'Raqobat qo`mitasining faoliyati kamchiliklar aytildi'ning rasmi

Yig`ilishda parrandachilikda ozuqa masalasi mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini bermayotgani ta`kidlandi.

Narx barqarorligini ta`minlash maqsadida yil yakuniga qadar chorva va parranda go`shti ishlab chiqarishga byudjetdan 230 milliard so`m subsidiya ajratiladi, don mahsulotlarini saqlash uchun 8 ta yirik omborxona tashkil etiladi.

Parrandachilikni kengroq kreditlash muhimligi qayd etildi.

Mamlakatimizda birinchi tartibli parranda naslining ota-onalik liniyasi yo`qligi bois, yiliga 3 million bosh jo`ja import qilinmoqda. Shu munosabat bilan birinchi tartibli ota-onalik sof liniyasini olib kelish choralarini ko`rish topshirildi. 

Kelgusi yilda 1 million tonna baliq etishtirish zarurligi ta`kidlandi.

Mutasaddilarga Cloveniya tajribasi asosida 50 ta zamonaviy kichik hovuzlarni ishga tushirish, 35 ming gektar sun`iy havzalarga aerator o`rnatib, hosildorlikni 3-4 barobar oshirish, xonbaliq, losos, osyotr kabi sovuq suv baliqlarini etishtiruvchi xo`jaliklarni 35 taga etkazish bo`yicha topshiriqlar berildi.

Yig`ilishda sut ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash masalasi ko`rib chiqildi. Sariyog` eksportiga cheklovni bekor qilish, sut etishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish bo`yicha Hukumatga topshiriq berildi. 

Yirik chakana savdo tarmoqlarida sotilayotgan quruq va tabiiy sutdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni alohida belgilash amaliyotini joriy etish, ko`chma go`sht-sut shoxobchalarini tashkil qilish zarurligi ta`kidlandi.

Yirik savdo tarmoqlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratilmagani, ulardan mahsulot pulini olishdagi muammolar, aholida mahsulot sifati va narx-navosi bo`yicha shikoyatlar ko`pligi Raqobat qo`mitasi faoliyatidagi jiddiy kamchiliklardan dalolat ekani ta`kidlandi.

Shu munosabat bilan qo`mita raisi Sh.Shoraxmetovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasini ko`rib chiqish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar