AsosiyJamiyat

«O`zbekistonning etti mo``jizasi» aniqlandi

UZINFOCOM markazi ishtirokchilari «O`zbekistonning etti mo``jizasi» aniqlagan internet-aksiyasi yakunlarini o`tkazdi.

O`tgan yildan buyon Meros.uz saytida bo`lib o`tgan ovoz berishlar yakuniga ko`ra quyidagi etakchilar aniqlab olindi, deb yozadi “Gazeta.uz” nashri. Ular quyidagilar:

1.  Registon ansambli (Samarqand);
2.  Igor Saviskiy nomidagi san`at muzeyi (Nukus);
3.  Toshkent teleminorasi (Toshkent);
4.  Forumlar saroyi (Toshkent);
5.  Mirzo Ulug`bek rasadxonasi (Samarqand);
6.  Ichan qal`a qadimiy shahri (Xiva);
7.  Go`ri Amir maqbarasi (Samarqand).

Taqdirlash marosimi INFOLIB-2016 kutubxona haftaligi doirasida Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida bo`lib o`tdi.

Etti ob`ekt rahbarlariga O`zbekistonning etti mo``jizasidan biri maqomini tasdiqlovchi xotira sertifikat-taxtachalari topshirildi.

    Boshqa yangiliklar