Bekzod Shamshiev Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani prokurori etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi ma`lum qildi.
Tayinlovga qadar Bekzod Shamshiev Yakkasaroy tumani prokurori o`rinbosari bo`lgan.
U prokuror lavozimida ishlagan, yaqinda tuman hokimi etib tayinlangan Nilufar Allabergenova o`rnini egalladi.
Ma`lumot uchun, 2019 yildan beri Yakkasaroy tumani prokurori sifatida faoliyat yuritgan Nilufar Allabergenova joriy yilning oktyabr oyida tuman hokimi bo`lgan edi.






