Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi “Ko`zi ojizlar” jome` masjidida juma namozini ado etish vaqtida 50 yoshlar atrofidagi erkak olamdan o`tdi.
Nashr muxbiriga ko`ra, erkak namoz o`qiyotgan vaqtida yiqilib tushgan va xuddi hurrak otayotgandek qiynalib nafas ola boshlagan. Yon-atrofdagi odamlar esa unga birinchi yordamni ko`rsatishga harakat qilgan. Yaqin-atrofdagi do`kondan qoshiq olib kelib, orqaga ketib qolgan tilini qaytarishgan, yonboshlatib yotqizib, yurakni uqalay boshlashgan. Bu orada esa tez tibbiy yordamga ham qo`ng`iroq qilinib, manzil va boshqa ma`lumotlar aytilgan. Biroq shifokorlar kelguniga qadar, odamlar tomonidan ko`rilgan choralarga qaramasdan, erkakning yurak urishi to`xtagan.
“Tez tibbiy yordamga qo`ng`iroq qilinganidan 20 daqiqalardan oshiqroq vaqt o`tib, shifokorlar brigadasi etib keldi. Biroq tez yordam mashinasi avtomobillar yo`lni to`sib qo`ygani sababli murda yotgan joygacha etib kelolmadi. Ichki ishlar organlari xodimlari „204 Spark mashinasi kimniki, mashinangizni oling, yo`lni to`sib qo`yibsiz“, deb baqirishib yurgandi”, — deya voqeani aytib berdi nashr muxbiri.
Hozircha hodisa yuzasidan rasmiy ma`lumot berilgani yo`q.






