Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida 23 352 nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda O`zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko`rsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 15 468 nafarga yoki 3 martaga oshgan.
2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida O`zbekiston Respublikasiga kelgan Italiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
— dam olish (turizm) – 20 557 nafar
— qarindoshlarni yo`qlash – 1 513 nafar
— xizmat yuzasidan – 1 195 nafar
— o`qish maqsadida – 71 nafar
— tijorat – 16 nafar
10.11.2023 18:42
O`tgan yilga qaraganda O`zbekistonga italiyalik turistlar tashrifi qariyb 3 barobarga oshgan






