AsosiyJamiyat

ChQBT o`qituvchilarining maoshi maktab o`qituvchilarining lavozim maoshiga tenglashtiriladi

'ChQBT o`qituvchilarining maoshi maktab o`qituvchilarining lavozim maoshiga tenglashtiriladi'ning rasmi

Malaka toifasi berilgan ChQBT fani o`qituvchilarining lavozim maoshi mos keluvchi malaka toifasiga ega maktab o`qituvchilarining lavozim maoshiga tenglashtiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vaziriligi xabar bermoqda.

2023 yil 8 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta`lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror qabul qilindi. 

Mazkur qarorga asosan, Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi hamda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligiga:

️2024 yil 15 yanvardan chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik fani o`qituvchilariga ta`lim tashkilotlarining boshqa fan o`qituvchilari uchun belgilangan tartibda malaka tofasi berish hamda ularni Toshkent davlat pedagogika universiteti, Farg`ona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika instituti harbiy ta`lim fakultetlarida malakasini oshirish ishlarini yo`lga qo`yish;

2024-yil 20-fevralga qadar Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog`likni saqlash vazirligi bilan birgalikda chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik fanining yangi o`quv dasturi va darsligini ishlab chiqish kabi vazifalar yuklandi.

  •  Qaror bilan tasdiqlangan Nizomga ko`ra:

 

Malakaviy attestasiya xulosasiga ko`ra malaka toifasi berilgan ChQBT fani o`qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlari umumta`lim muassasalarida - mos keluvchi malaka toifasiga ega bo`lgan fan o`qituvchilarining bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar