“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° iliq bo`ladi
Poytaxtda kechga tomon yomg`ir yog`adi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-18° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yogingarchilik bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo`ladi.






