AsosiyJamiyat

"Qamchiq" dovonida yuk mashinasi yonib ketdi, "Vodiy-Toshkent" yo`li bir muddat yopildi (video)

'"Qamchiq" dovonida yuk mashinasi yonib ketdi, "Vodiy-Toshkent" yo`li bir muddat yopildi (video)'ning rasmi

"Qamchiq" dovonida yuk mashinasi yonib ketdi. Holat bo`yicha "Qamchiqavtoyo`l" ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, "Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon va Andijon orqali O`sh” avtomobil yo`lining 222 km. "Vodiy-Toshkent" yo`nalishida yuk mashinasi yong`in sodir bo`lganligi sababli soat 07:55 da ushbu yo`nalishda avtotransportlar harakati vaqtincha to`xtatilgan. 

Hozirga vaqtda yuk mashinasini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yong`inni o`chirish ishlari amalga oshirilib, "Vodiy-Toshkent" yo`nalishi soat 08:44 da avtotransportlar harakati uchun ochildi.

Eslatib o`tamiz, 8 noyabr kuni soat 20:00 larda ham yuk mashinasi YTHga uchragani sabab "Qamchiq" dovonida bir muddat avtomobillar harakati cheklanib qolgan edi. 

    Boshqa yangiliklar