O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoevning elektron qabulxonasiga Toshkent shahri aholisi va tadbirkorlaridan eng ko`p ariza va shikoyatlar kelib tushayotganligi ma`lum bo`ldi.
Bosh vazirning Feysbukdagi sahifasida keltirilishicha, mazkur murojaatlarni ko`rib chiqish va hal etish muddatlarini asossiz buzilishiga yo`l qo`yilmoqda.
Shularni inobatga olib, Bosh vazir tomonidan Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonovga murojaatlarni ko`rib chiqish va hal etish muddatlarini asossiz buzilishiga yo`l qo`yganligi ko`rsatib o`tildi hamda murojaatlarni vaqtida va qonuniy hal etilishi bo`yicha aniq choralar ko`rish topshirildi.





