AsosiyJamiyat

Andijonda xalq ko`mirini talon-toroj qilgan uchta tuman ombor mudirlari qo`lga olindi

'Andijonda xalq ko`mirini talon-toroj qilgan uchta tuman ombor mudirlari qo`lga olindi'ning rasmi

Prokuratura xodimlari “Ko`mir ta`minot” MChJ ning Andijon viloyat filiali tasarrufidagi uchta tuman ombor mudirlari tomonidan ko`mirni shaxsiy manfaatlari yo`lida talon-toroj qilishganini aniqladi.

Andijon tuman ko`mir ombor mudiri Sh.B. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo`ljallangan 362,3 mln. so`mlik 1.220,0 tonna.

Buloqboshi tuman ko`mir ombor mudiri S.N. 178,3 mln. so`mlik 445,5 tonna.

Jalaquduq tuman ko`mir ombor mudiri Y.Yu. 421,7 mln. so`mlik 1.419,9 tonna.

Mudirlar  ushbu ko`mirlarni go`yoki fuqarolar olganligi to`g`risida soxta ma`lumotlar tayyorlab, naqd pul sotishib, shaxsiy manfaatlari yo`lida talon-toroj qilishgan.

Mazkur holatlar yuzasidan ombor mudirlari Sh.B., S.N., va Y.Yu. ga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a ” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, ushbu shaxslar Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.

Jinoyat ishlari yuzasidan dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.                       

    Boshqa yangiliklar