"O`zgidromet" joriy hafta uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekistonning barcha hududlari bo`yicha havo biroz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 13-18° iliq atrofida bo`ladi.
Ish haftasi davomida respublika bo`yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Hafta boshida ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Havo harorati kundan-kunga ko`tarilib, ish haftasining ikkinchi yarmida kunduz kungi havo harorati 21-24° iliqqacha, respublika janubida ba`zi joylarda 25-27° gacha iliq bo`ladi.
Havo harorati hafta oxiriga kelib, kechasi 7-10° iliqqacha ko`tariladi.
Bunday harorat foni noyabr oyining o`rtalari uchun iqlim qiymatlaridan 5-8° yuqori hisoblanadi.
Poytaxtda: 13-17 noyabr kunlari yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan o`rtacha bo`lgan tezlikda esadi.
Bugun kunduzi havo harorati 14-16° iliq, keyinchalik kunduzgi harorat ko`tarilib, 16-17 noyabrda 21-23° iliq bo`ladi. Kechasi harorat 5-7° iliqdan, 8-10° iliqqacha asta-sekin ko`tariladi.






