AsosiyJamiyat

"Chuqursoy" podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi: Toshkentning uchta tumanida issiq suv o`chirildi

'"Chuqursoy" podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi: Toshkentning uchta tumanida issiq suv o`chirildi'ning rasmi

Bugun, 13 noyabr kuni “O`zbekiston temir yo`llari” AJga qarashli "Chuqursoy" podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik tufayli, Yunusobod tumanida joylashgan 4-qozonxonaning 2-navbati o`chirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Shu sababli, quyidagi manzillarda issiq suv va issiqlik ta`minoti vaqtincha bo`lmaydi:

Yunusobod tumani:

• Markaz-2, Markaz-4, 5, 6 mavzelarida joylashgan turar joylar, ijtimoiy muassasa va ma`muriy binolar.

• Hakimzoda, J. Obidova, Ergasheva, Niyozbek yo`li, Arifova ko`chalari, A.Temur va Qorasaroy shohko`chalari.

Olmazor tumani:

• Qoraqamish 1/1, Qoraqamish 1/2, Qoraqamish 2/1, Qoraqamish 2/3, Qoraqamish 2/5, Markaz-22 mavzelari, G`ofur G`ulom, Taxtapul, Sebzor, Markaz-17/18, Shimoliy Olmazor, A. Bobojonova, Qorasaroy, Fayzi Baland, Abduraxmonov, Sag`bon, Yolqin, Dadaboev, O`rozboev, Yunusov, Muxbir, Keles yo`li, Noraztepa ko`chalarida joylashgan turar joylar, ijtimoiy muassasa va ma`muriy binolar.

Shayxontohur tumani:

• Zulfiyaxonim, U.Yusupov, Labzak ko`chalarida joylashgan turar joy uylari.

"Noqulayliklar uchun uzr so`raymiz va ta`minot yarim tunga qadar tiklanishini ma`lum qilamiz", - deiyladi xaarda. 

    Boshqa yangiliklar