Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G`.A. va M.P. fuqaro A.X.ga go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida qo`shni Qozog`iston Respublikasidagi Oliy ta`lim muassasasida o`qiganligi to`g`risida hujjat tayyorlab berib, keyinchalik Qashqadaryo viloyatidagi Axborot texnologiyalari va menejment universitetining 3-bosqichiga o`qishga kiritib qo`yishlari evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G.V. va boshqalar fuqaro M.O.ni go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Marg`ilon shahridagi 1-sonli tibbiyot texnikumiga o`qishga kiritib qo`yishlari evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
13.11.2023 16:05
Navoiyda abiturientni birdaniga 3-kursga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilganlar qo`lga tushdi






