AsosiyJamiyat

Toshkentda fuqaro kriptoferma ochib, yarim milliard so`mlik zarar keltirdi

'Toshkentda fuqaro kriptoferma ochib, yarim milliard so`mlik zarar keltirdi'ning rasmi

Toshkent shahrida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o`rnatgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirida Olmazor tumanida yashovchi fuqaro Sh.P. o`z uyida 94 ta to`plamdagi qo`lbola usulda yasalgan mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`g`rilik yo`li bilan ulab, jami 540 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar