1

Toshkent viloyatida 250 mln so`mdan ortiq qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritilishi oldi olindi

Jinoyat 14.11.2023, 10:26
Toshkent viloyatida 250 mln so`mdan ortiq qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritilishi oldi olindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Bekobod tumani hududida tezkor tadbir amalga oshirildi. Bu haqda DXX Darakchi.uz’ga ma’lum qildi.

Tezkor tadbir davomida Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi, 1985 y.t., muqaddam sudlangan A.R.noqonuniy tarzda qo‘lbola usulda tayyorlangan 250 mln. 800 ming so‘m miqdoridagi 100 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni 100 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qalbaki pul qiymatliklarining muomalaga kiritilishi davlatning iqtisodiy xavfsizligiga tahdid soladi va bunday noqonuniy xatti-harakat Jinoyat Kodeksining 176-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1