1

Surxondaryoda hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 14.11.2023, 14:28
Surxondaryoda hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumani hokim yordamchisi lavozimida 2022 yil 11 yanvardan buyon ishlab kelgan U.T. tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug`ullngan.  2022 yil 29 martda o`zi ta`sischiligida tashkil etgan "VOLUNTEER TEAM" MChJni 2023 yil 20 sentyabrga qadar boshqarib kelib, ta`minotchi sifatida fuqaro M.E. va boshqalarni aldab, ularning elektron imzolarini qo`lga kiritib, ularning nomiga issiqxona faoliyati tashkil etish uchun 4 marotaba 33 mln so`mdan jami 132 mln so`m kredit ajratilishiga erishadm. U pullarni o`zi rahbarlik qilayotgan jamiyat hisobiga tushirib, o`zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. Bu haqda  Surxondaryo viloyati prokuraturasi Matbuot xizmatit xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 9 oktyabrda Qumqo`rg`on tumani prokuraturasi tomonidan "VOLUNTEER TEAM" MChJ rahbari U.T.ga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi "b,v" bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari Qumqo`rg`on tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda. Tergov harakatlarining borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1