AsosiyJamiyat

Xalqaro va mahalliy olimlar qum va chang bo`ronlariga qarshi kurashning innovasion usullarini muhokama qilishdi (video)

'Xalqaro va mahalliy olimlar qum va chang bo`ronlariga qarshi kurashning innovasion usullarini muhokama qilishdi (video)'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek Samarqandda BMTning cho`llanish, erlarning degradasiyasi va qurg`oqchilikka qarshi Konvensiyasi ijrosini ko`rib chiqish qo`mitasining 21-sessiyasi (CRIC-21) o`tkazilmoqda. 

Bugun xalqaro tadbir doirasida mahalliy va xalqaro olimlar, mutaxassislar ishtirokida ilmiy anjuman bo`lib o`tdi.
Tadbirda asosiy masala qurg`oqchilik, erlarning degradasiyasi va cho`llanishga qarshi kurashda ta`lim, ilm-fanning ahamiyatini oshirish, innovasion yondashuvlarga qaratildi.



"Chet ellik mutaxassislarga yurtimizda qilinayotgan ishlar haqida ma`lumot berdik. Ularga, Orol dengizi hududida cho`llanishga qarshi olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, juda ko`p miqdorda saksovul o`simligi ekilayotganligi ma`qul keldi.  Bugungi kunda cho`llanishga qarshi kurashda suv resurslarini saqlab qolish juda muhim hisoblanadi. Olimlar bilan muhokamalarda shu mavzuga ham e`tibor qaratdik", - dedi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti  direktori Baxtiyor Po`latov. 

Muzokaralar davomida chang va qum bo`ronlari asosiy e`tibor qaratilishi kerak bo`lgan masalalardan ekanligi ta`kidlandi.
Tadbir davomida O`zbekistonda ekologiya va cho`llanish muammolari bo`yicha tadqiqotlar olib borayotgan universitetlar va ilmiy muassasa vakillari o`z fikr va takliflarini bildirishdi. Shuningdek, UNCCD va UNDP kabi xalqaro tashkilot vakillari chang va qum bo`ronlariga qarshi kurashish sohasida hamkorlik va qo`llab-quvvatlash imkoniyatlarini muhokama qildilar. Qolaversa, Orol dengizidagi cho`llanishga qarshi kurash choralari ham kun tartibidan o`rin oldi. 
Tadbir yakunida cho`llanish, qurg`oqchilikka qarshi kelajakda qilinishi kerak bo`lgan ishlar belgilab olindi.

    Boshqa yangiliklar