Bu haqda tadbirda ishtirok etgan darakchi.uz muxbiri ma`lum qildi.
Aziz Abduhakimov Osiyo taraqqiyot banki Suv va shaharsozlikni rivojlantirish sektori katta direktori Norio Saito bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida shaharlarni kompleks rivojlantirish, ekologiya sohasidagi xodimlar malakasini oshirish, Yaponiyadagi chiqindini qayta ishlash sohasidagi kompaniyalarni O`zbekistonga jalb qilish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan Markaziy hamda G`arbiy Osiyo hududlarida amalga oshirilayotgan loyihalarning 17 foizi O`zbekistonga to`g`ri kelmoqda. Mamlakatimiz mintaqada bu ko`rsatkich bo`yicha ikkinchi o`rinda. Joriy yilda jami 3,5 milliard dollarga yaqin miqdorda 25 ta loyiha imzolangan.






