Ijtimoiy tarmoqlarda “Tadbirkor ayollarga kuch ishlatildi. Ichki ishlar xodimlarining harakati qonuniymi?” sarlavhasi ostida video tarqaldi.
Ma`lum bo`lishicha, Toyloq tumani Ilmobod mahallasida yashovchi fuqaro Lo`bat Eshto`xtaeva va Zarina Jo`raevalar Samarqand viloyati "Suvoqova" davlat unitar korxonasi Toyloq tuman filiali balansida bo`lgan 10 sotix er maydonini noqonuniy ravishda egallab, atrofini uzunligi 25 metrdan iborat devor bilan o`rab olgan.
Aytilishicha, mazkur er maydonida ichimlik suvi inshootini qurish bo`yicha Toyloq tumani hokimining 2019 yil 18 apreldagi 1045-sonli qarori qabul qilingan.
Erga da`vo qilayotgan fuqarolarda erga egalik huquqini beruvchi hech qanday hujjat mavjud emas. Shu boisdan Kadastr palatasi Toyloq tuman filiali tomonidan o`zboshimchalik bilan qurib olgan devorni o`z xohishi bilan belgilangan muddat ichida buzib, o`z holiga qaytarib qo`yish bo`yicha ogohlantirish berilgan.






