Kompromatuzb ishi bo`yicha hukm o`zgarmadi. Bu haqda huquqbon Abdurahmon Tashanov xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, bugun jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudining appelyasiya sudlov hay`ati Kompromatuzb ishi bo`yicha sudlanuvchilarning shikoyatlarini ko`rib chiqib, hukmni kuchida qoldirishga qaror chiqargan.
Sudlanuvchilar Xurshid Daliev hamda Siyovush Hoshimovlarning advokatlari tomonidan keltirilgan appelyasiya shikoyatlari qanoatlantirilmagan.
Qonunga ko`ra, appelyasiya sudidan so`ng hukm kuchga kiradi va sudlanuvchilar jazoni ijro etish muassasasiga etap qilinadi.






