AsosiyJamiyat

Toshkentdagi bozorlarda xaridlar uchun to‘lovlarni kartadan kartaga o‘tkazish orqali to‘lash mumkin emasligi tushuntirilmoqda

'Toshkentdagi bozorlarda xaridlar uchun to‘lovlarni kartadan kartaga o‘tkazish orqali to‘lash mumkin emasligi tushuntirilmoqda'ning rasmi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig`i hamda Chilonzor tumani soliq inspeksiyasi mutaxassislari yirik bozor va savdo komplekslarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o`tkazdi. Unda bozor ma`muriyati hamda diniy idora vakillari ham ishtirok etdi, deya xabar qilmoqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati. 

Uchrashuvda tovarlar uchun to`lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o`tkazish (P2P) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanishi, sotuvchilar mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi, chek bermaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo`lishi tushuntirildi.

Soliq xizmati xodimlari tomonidan bozor hududidagi barcha tadbirkorlik sub`ektlariga bu boradagi eslatmalar tarqatib chiqildi. 

Ma`lumot uchun: Nazorat-kassa mashinasidan foydalanmaslik va xarid cheki bermaslik jarima solishga sabab bo`ladi 

    Boshqa yangiliklar