Xabar berib borayotganimizdek Samarqandda BMTning Cho`llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrosini ko`rib chiqish qo`mitasining 21-sessiyasi bo`lib o`tmoqda. Kuni kecha ushbu tadbir doirasida butun dunyo bo`ylab erlarni tiklash, qurg`oqchilikka qarshi kurashish bo`yicha ayyollarninn faoliyati bilan bog`liq masalalar ko`rib chiqildi.
"BMTning cho`llanishga qarshi kurash to`g`risidagi konvensiyasi ijrosini ko`rib chiqish bo`yicha qo`mitasining 21-sessiyasida gender masalalari ko`rib chiqildi. Ya`ni, gender tengligi masalalari, butun dunyo bo`ylab erlarni tiklash, qurg`oqchilikka qarshi kurashish bo`yicha faoliyatda ayollarni shaxsiyatsizlashtirish bilan bog`liq masalalar ko`rib chiqildi. Chunki ayollar ham qishloq xo`jaligi faoliyati rivojida hissa qo`shishi mumkin.
Shuning uchun ham bugun bizning e`tiborimiz shu masalalarga qaratildi. Bizga ma`lumki, butun dunyoda oziq-ovqatning yarmi ayollar qo`li bilan, ayollar mehnati bilan ishlab chiqariladi. Ammo, agar siz butun dunyo bo`ylab odamni ranjitadigan statistikaga qarasangiz, ochlikdan aziyat chekayotganlarning 70 foizi ayollardir. Shu bilan birga, ularning barchasi uchun butun dunyo bo`ylab 1/5 dan kamroq erga egalik qilishadi. Dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida ayollar erkaklar bilan teng ravishda er olish huquqiga ham ega emaslar. Shu bois, tabiiyki, bu masalalar dolzarbdir va biz 2023 yilda butun dunyo bo`ylab ayollar kamsitish qurboni bo`lmasligini tabiiy ravishda kafolatlashimiz kerak, bu esa tabiiy ravishda umumiy vaziyatni ham ekologik, ham ijtimoiy, ham iqtisodiy yomonlashtiradi", - deydi BMT UNCCD ijrochi kotibi Kseniya Sklenlon.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi huzuridagi Ekologiya ilmiy-tadqiqot instituti biologik hilma-hillikni saqlash laboratiyasi mudiri Adolat Urinova esa gender tengligining ekologiya bilan qanday bog`liqligi borligiga to`xtaldi. "Bu hammasi bir-biriga uzviy bog`liq. Masalan hozirgi anjumanimizning asosiy maqsadi cho`llanish, qurg`oqchili, er degradasiyasini oldini olish. Bunda nima uchun ayyollarni faolligi yo`q deb hisoblashadi. Masalan bitta cho`llanish masalasini oladigan bo`lsak, bu nimaga kelib taqaladi? Albatta suv masalasiga taqaladi. Qaysi joyda biz suvni tejaydigan bo`lsak o`sha joyda cho`llanishni oldini olgan bo`lamiz. Suvni kim tejaydi? Bunda asosan ayyollarning o`rnini ko`rishimiz mumkin. Yana cho`llanish masalasi ilmiy-tadqiqot jihatidan olib qaraydigan bo`lsak, qancha ko`p tadqiqotlar olib borilsa bunda olimlarning faolligi yuqori darajada. Endi hozir oladigan bo`lsak olimlar orasida ayyollar faolligi ancha oshib boryapti. Hozir ekologiya vazirligini olib qaraydigan bo`lsak ham u erda ayyollarni faolligi anchayin oshgan va shu bilan birgalikda vazirlik huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutida ham olima ayyollar aynan ekologiya, sho`rlanish, er degradasiyasini oldini olish, orol qurigan tubida cho`lga chidamli o`simliklarni ekish, ko`paytirish bo`yicha katta yutuqlarga erishyapti va ularning bu yo`nalishdagi faolligi yuqori darajada".
Eslatib o`tamiz Samarqand mezbonligida o`tkazilayotgan ushbu xalqarog tadbir 17 noyabrga qadar davom etadi.






