AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz” AJ firibgarlar tuzog`idan ogohlantirmoqda

'“O`zbekneftgaz” AJ firibgarlar tuzog`idan ogohlantirmoqda'ning rasmi

Internet tarmoqlarida “O`zbekneftgaz” AJga sarmoya kiritish orqali, mo`may daromad topish imkoni paydo bo`lgani haqida navbatdagi yolg`on xabarlar tarqalmoqda.

""Kompaniya nomidan foydalanib, daromad ilinjida yurganlarning aldovlariga uchmang. Bu ma`lumotga “O`zbekneftgaz” AJning mutlaqo aloqasi yo`q.

Yolg`on chaqiriq qilgan firibgarlar sizning telefon raqam yoki plastik kartalaringizdan pul echib olishga urinishlari mumkin", - deyiladi Matbuot xizmati xabarida.

 

    Boshqa yangiliklar