AsosiyJamiyat

44 bor radarga tushgan haydovchining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildi

'44 bor radarga tushgan haydovchining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildi'ning rasmi

Naq 44 marotaba yo`l harakati qoidasini buzib, belgilangan jarimalarni to`lamagan haydovchi ustidan MIBning Yashnobod tumani bo`limiga murojaat tushdi.

Toshkent shahar IIBB YHXBning qarorlariga asosan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 128-3 moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni 44 marotaba sodir etgan qarzdor O`.M.dan davlat foydasiga jami 25 mln. 10 ming so`m ma`muriy jarima undirish haqidagi ijro hujjatlari yuzasidan olib borilgan harakatlar davomida qarzdorga tegishli "Nexia 3" rusumli transport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Hozirda ushbu avtotransport vositasini realizasiya qilish ishlari yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilmoqda, deyiladi MIB axborot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar