AsosiyJamiyat

Aeroportda unutib qoldirilgan yuklar sotib yuboriladimi?

'Aeroportda unutib qoldirilgan yuklar sotib yuboriladimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent" xalqaro aeroportida yo`lovchilar unutib qoldirgan yuklar sotilishi bilan bog`liq xayriya aksiyasi o`tkazilayotgani haqida xabar tarqaldi.

“Uzbekistan Airports” axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, O`zbekistonning 11 ta xalqaro aeroportlaridan birortasi tomonidan yo`lovchilarning unutilgan yuklari sotilmaydi va uchinchi shaxslarga topshirilmaydi. Barcha yo`qolgan yuklar aeroport omborlarida 3 oy mobaynida saqlanadi va saqlash muddati tugashi bilan utilizasiya qilinadi.

“Uzbekistan Airports” yolg`on ma`lumotlarga ishonmaslikka va firibgarlarga pul o`tkazmaslikka chaqiradi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar