Prezident tomonidan imzolangan PQ-365-sonli qaror bilan O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma`naviyat va ma`rifat markazi negizida Mudofaa vazirligining Ma`naviyat va madaniyat departamenti tashkil etildi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.
Shu bilan birga, Mudofaa vazirligining Harbiy orkestr xizmatini O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Alohida namunali-ko`rgazmali harbiy orkestri etib qayta nomlandi.
️Shuningdek, departament huzuridagi Ma`naviyat va madaniyatni rivojlantirish jamg`armasi tashkil etiladi.
️Mudofaa vazirligi bo`linmalarining (qo`shinlarining) madaniyat va san`at sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish vazifasi Departament zimmasiga yuklanadi.






