Ertaga, 17 noyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor hamda Shayxontoxur tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi soat 00:00 dan tonggi 06:00 ga qadar vaqtinchalik o`chiriladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, ushbu hududlarni elektr energiyasi bilan ta`minlovchi 110/35/10 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli "Farobiy" podstansiyasidagi mavjud 25 000 kVA bo`lgan transformator quvvati 40 000 kVA bo`lgan yuqori kuchlanishli yangi transformatorga almashtirilmoqda.
Elektr qurilmalarini o`rnatish ishlari olib borilishi hamda ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta`minotida uzilishlar kuzatiladi:
Olmazor tumanidagi - "Shifokorlar", "Mirzo G`olib", "Universitet" hamda "Ziyokorlar" MFYlarida.
Shayxontoxur tumanidagi - "Beltepa", "Yangi Beltepa", "Ibn Sino", "Shodlik", "Yangi Jarariq", "Eski Jarariq", "Katta Jarariq", "Ipakchi" hamda "Xuvaydo" MFYlarida.






