Uzbekistan Airways yo`lovchilar va kutib oluvchilar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qildi.
Unga ko`ra, HY670 Novosibirsk-Farg`ona aviaqatnovi aeroportda texnik sabablarga ko`ra kechiktirildi va quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
HY670 Novosibirsk-Farg`ona aviaqatnovi:
Jo`nab ketish Novosibirsk vaqti bilan soat 17:00 da belgilangan;
Farg`onaga etib kelish mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da belgilangan.
Shuningdek, joriy yilning 17 noyabr kuniga rejalshtirilgan HY635/636 Farg`ona-Sankt-Peterburg-Farg`ona aviaqatnovlari texnik sabablarga ko`ra kechiktiriladi va quyidagi jadval bo`yicha amalga oshiriladi:
Farg`onadan jo`nash mahalliy vaqt bilan soat 19:00;
Sankt-Peterburgga mahalliy vaqt bilan 22:35 da etib kelish.
Sankt-Peterburgdan jo`nab ketish mahalliy vaqt bilan soat 23:55 da;
Farg`onaga etib kelish 18 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:00.
“Noqulaylik uchun uzr so`raymiz va tushunishingizga umid qilamiz”, - deyiladi xabarda.






