Soliq organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o`tkazilayotgan tadbirlar davomida:
- Chilonzor tumanida 94 turdagi 2781 quti umumiy qiymati 35,6 mln so`mlik aksiz markasi mavjud bo`lmagan hamda markirovkalanmagan tamaki mahsulotlari;
- Urganch shahrida 5 turdagi 217 dona qiymati 7,2 mln so`mlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari;
- Aksiz markasi mavjud bo`lmagan 430 quti, qiymati 11,2 mln so`mlik tamaki mahsulotlari;
- Urganch tumanida qalbaki aksiz markali 221 dona 4,6 mln so`mlik alkogol mahsulotlari;
- Qo`qon shahrida 194 turdagi umumiy qiymati 36,7 mln so`m bo`lgan aksiz markasiz va markirovkalanmagan alkogol mahsulotlari aniqlandi.
Mahsulotlar masala qonuniy hal etilgunga qadar vaqtincha saqlash uchun maxsus do`konga yuborildi. Shuningdek holatlar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko`rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.






