AsosiyJamiyat

O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi fermer va klaster egalarini ogohlantirdi

'O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi fermer va klaster egalarini ogohlantirdi'ning rasmi

O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi o`z vaqtida hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish bo`yicha fermer va klasterlarni ogohlantirdi.

Xabarga ko`ra, hozirgi kunda fermer xo`jaliklari tomonidan terib olingan paxtalar klasterlarga yuklab jo`natilgan.

Soliq kodeksining 22-moddasida tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni berishi soliq to`lovchilaring majburiyati ekanligi belgilab qo`yilgan.

Soliq kodeksining 223-moddasida yashirilgan (kamaytirib ko`rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo`lishi va soliqlarni hisoblash (QQS 12%, foyda solig`i 15%) amalga oshirilishi belgilab qo`yilgan.

Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko`rsatish) deb quyidagilar e`tirof qilinadi:

  • fermer xo`jaliklari uchun – hisobda realizasiya qilinmagan deb ko`rsatilgan tovarlarning omborda yoki realizasiya qilish joyida mavjud emasligi;
  • klasterlar uchun – rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizasiya qilish.

 

“Yuqoridagilardan kelib chiqib O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi ushbu holatning oldini olish bo`yicha o`z vaqtida hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishingizni so`raydi”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar