O`zbekistonda Konstitusiya kuniga bag`ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko`rish dasturi tasdiqlandi.
Prezident farmoyishi bilan O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuniga bag`ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko`rish va ularni o`tkazish dasturi tasdiqlandi.
Dasturga muvofiq, jumladan:
- tuman va shahar markazlarida “Konstitusiya ko`chasi” tashkil etiladi;
- jurnalist va blogerlar o`rtasida “Konstitusiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovi o`tkaziladi;
- yangi tahrirdagi Konstitusiya 3 ming nusxada brayl alifbosida nashr etiladi;
- Konstitusiyaning yaratilish tarixiga bag`ishlangan arxiv hujjatlari ko`rgazmasi tashkil etiladi;
- davlat tashkilotlarida “Mening Konstitusiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitusiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktanti tashkil etiladi;
- maktab o`quvchilari o`rtasida “Xalq Konstitusiyasi”, “Konstitusiya – baxtimiz qomusi”, “Konstitusiya – kelajagim mash`ali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovi o`tkaziladi.






