AsosiyJamiyat

Amudaryo tumanida 612 mln so`mga yaqin energiyasi o`g`irlandi

'Amudaryo tumanida 612 mln so`mga yaqin energiyasi o`g`irlandi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasining Amudaryo tumanidagi fermer xo`jaligi 611,9 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, departamentning Amudaryo tuman bo`limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Unda “S.D.” fermer xo`jaligi mas`ul shaxslari xo`jalik suv nasoslarini elektr tarmoqlari korxonasidan ro`yxatdan o`tmagan elektr hisoblagich orqali ulab, jami 611,9 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar