AsosiyJamiyat

Endi voyaga etmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zo`ravonlik sodir etgan shaxslarning bolalar bilan ishlashi qat`iyan man etiladi - Tanzila Norboeva

'Endi voyaga etmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zo`ravonlik sodir etgan shaxslarning bolalar bilan ishlashi qat`iyan man etiladi - Tanzila Norboeva'ning rasmi

Endi voyaga etmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zo`ravonlik sodir etgan shaxslarning bolalar bilan ishlashi qat`iyan man etiladi. Bu haqda Tanzila Norboeva o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma`lum qildi. 

Norboevaga ko`ra, aprel oyida Senatda tuzilgan ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun qabul qilingan.

Ushbu hujjatga asosan, qonunchilikka voyaga etmaganlarga nisbatan tazyiq va zo`ravonlik sodir etgan shaxslarning bolalarga ta`lim, tarbiya berish, ularni sog`lomlashtirish, bolalar sporti, ijodiy tashkilotlarda ishlashini taqiqlovchi norma kiritilgan.

Kuni kecha Hukumatning maxsus qarori bilan voyaga etmaganlarga nisbatan jinsiy zo`ravonlik sodir etgan shaxslar reestrini yuritish tartibi tasdiqlangan. 

Endilikda qasddan odam o`ldirish, voyaga etmagan shaxsning nomusiga tegish, voyaga etmagan shaxs tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, voyaga etmagan shaxsni jalb etgan holda qo`shmachilik qilish, fohishaxonalar tashkil etish yoki saqlash, terrorizm, shuningdek boshqa turdagi jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar mazkur reestrga kiritiladi. Reestr maxsus axborot tizimi orqali shakllantiriladi va yuritiladi.

Eng muhim va e`tiborli tomoni shundaki, reestrga kiritilgan shaxslarni ishga qabul qilish bilan bog`liq jarayonlar ushbu axborot tizimidan olingan ma`lumotlar asosida nazorat qilib boriladi, deydi Narbaeva. 

    Boshqa yangiliklar