Statistika agentligining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yil yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yo`l transporti orqali 7,4 mln yo`lovchi tashilgan.
Yo`lovchi tashish hajmi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 751,4 mingtaga oshgan.
2023 yil yanvar-sentyabr oylarida bir kunda o`rtacha 27,2 ming nafar yo`lovchi temir yo`l transportidan foydalangan.
Bu ko`rsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,8 mingtaga oshgan.
18.11.2023 16:43
Temir yo`l transportidan bir kunda nechta yo`lovchi foydalanishini bilasizmi?






