"O`zgidromet" xizmati O`zbekiston bo`yicha 20-22 noyabrda kuzatiladigan ob-havo prognozini e`lon qildi. Unga ko`ra:
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 21 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 20 noyabrda ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 noyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha etishi mumkin. Harorat 20 noyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +18...+23 daraja, 21 noyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +18...+23 daraja, 22 noyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo o`zgarib turadi, 20 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, 21-22 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 20 noyabrda ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 21-22 noyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha etishi mumkin. Harorat 20 noyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +20...+25 daraja, 21 noyabrda kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +22...+27 daraja, 22 noyabrda kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo`ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 20-21 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, 22 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 20 noyabrda ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 noyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 21-23 m/s gacha etishi mumkin. Harorat 20 noyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +16...+21 daraja, 21 noyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +22...+27 daraja, 22 noyabrda kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, 20-21 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, 22 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 20 noyabrda ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 noyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22 noyabrda ayrim joylarda 21-23 m/s gacha etishi mumkin. Harorat 20 noyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +20...+25 daraja, 21 noyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +23...+28 daraja, 22 noyabrda kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, 20 noyabrda ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 noyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 noyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +16...+21 daraja, 21 noyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +20...+25 daraja, 22 noyabrda kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, 20-21 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, 22 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 20 noyabrda ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 noyabrda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 noyabrda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 21 noyabrda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +13...+18 daraja, 22 noyabrda kechasi va kunduzi +7...+12 daraja bo`ladi.






