AsosiyJamiyat

Ayollarga ham avtobuslarni haydashga ruxsat berilishi mumkin

'Ayollarga ham avtobuslarni haydashga ruxsat berilishi mumkin'ning rasmi

Muhokamalar portalida hukumatning avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlashga doir qarori loyihasi e`lon qilindi.

Hujjat loyihasiga ko`ra, ayollarni avtotransport sohasi bilan bog`liq kasblarda mehnat faoliyatini olib borishda teng sharoitlar yaratish maqsadida ularga 14 o`rindiqdan ortiq bo`lgan avtobuslarni boshqarish bo`yicha amaldagi taqiqni bekor qilinadi.

Amaldagi tartibga ko`ra, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 27-bandiga ko`ra, «C» yoki «D» toifalariga oid avtotransport vositalarini boshqarish uchun ayollarga yuk avtomobillarini yoki avtobuslarni boshqarish muayyan cheklashlar (avtomobillarning yuk ko`tarishi 2,5 tonnadan, avtobusda yo`lovchilarning soni 14 kishidan oshmasligi kerak) asosida ruxsat etiladi.

Shuningdek, mazkur qarorning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 5-bandiga ko`ra, ayollarni «BC» va «D» toifalariga tayyorlashni tashkil qilishda yuk avtomobillarining yuk ko`tarishi 2,5 tonnadan va avtobuslarning yo`lovchilar tashish uchun ruxsat etilgan soni 14 kishidan oshmasligi kerak.

Ya`ni, mazkur normalarga muvofiq ayollar faqatgina yulovchilarning soni 14 kishidan oshmaydigan avtobusni haydovchi sifatida boshqarishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar